Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov hamda hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari A.Mirzayev tomonidan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati faoliyati yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida kotibiyatning joriy faoliyati, deputatlik faoliyatini tashkillashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, sessiyalar va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etish hamda hujjatlar ijrosi holati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, kotibiyatda ish yuritish tizimini yanada takomillashtirish, hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda nazorat mexanizmlarini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan amaliy-uslubiy tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, axborot materiallarining mazmuni va sifatini oshirish, aholini Kengash faoliyati haqida tezkor va ishonchli xabardor qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Yakunda kotibiyat xodimlariga ish samaradorligini yanada oshirish, faoliyatni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy-uslubiy ko‘mak va tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2