Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Deputatlik so‘rovi natijasida Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosini hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Deputatlik so‘rovi natijasida Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosini hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan Mirobod tumani “Zaminobod” mahallasidagi oqava suv tarmoqlari bilan bog‘liq muammo yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga mas’ul tashkilotlardan rasmiy javoblar kelib tushdi.

📩 Deputatning murojaatiga javoban Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ tomonidan mazkur masala atroflicha o‘rganilgani ma’lum qilindi.

🔎 Rasmiy javoblarda qayd etilishicha, Mirobod tumani “Zaminobod” mahallasining Dang‘ara, Marg‘ilon va Marg‘ilon tor ko‘chalari uchun diametri 200 mm, umumiy uzunligi 730 pog‘onali metr bo‘lgan yangi oqava suv (kanalizatsiya) tarmog‘ini qurish rejalashtirilgan.

📝 Shuningdek, qurilishi ko‘zda tutilgan yangi kanalizatsiya tarmog‘ini Abdulla Qahhor ko‘chasidagi diametri 500 mm bo‘lgan mavjud oqava suv tarmog‘iga ulash imkoniyati mavjudligi qayd etildi. Bu esa kelgusida hududni markazlashgan kanalizatsiya tizimiga ulash imkonini yaratadi.

🔺 Mas’ul tashkilotlarning ma’lum qilishicha, mazkur loyiha tegishli dasturga kiritilgan bo‘lib, moliyalashtirish manbasi aniqlangach, qurilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

🤝 Deputatlik so‘roviga Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Egamberdiyev hamda “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ Shahar oqava suv tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i X.F. A’zamov tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

📍 Mazkur masala deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan ishlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan nazorat davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1