Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Ijtimoiy himoya reyestrida bo‘lgan fuqaroga ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonlaridan tumanning “Xumson” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.
🔺O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari tashabbusi va ko‘magida ijtimoiy reyestrda turgan fuqaroga bo‘sh turgan xona ajratilib, unda tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🔺Fuqaro bilan samimiy muloqot qilinib, tikuvchilik faoliyatini tashkil etish uchun amalga oshirilgan ishlar, yaratilgan imkoniyatlar hamda bu orqali oilaning doimiy daromad manbaini shakllantirish borasidagi natijalar muhokama qilindi.
🔺Deputatlar mazkur tashabbus aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalarning bandligini ta’minlash va ularning iqtisodiy faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, tikuvchilik faoliyatini yanada rivojlantirish, mahsulotlarni sotish bozorini kengaytirish va zarur hollarda qo‘shimcha ko‘mak choralarini ko‘rish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3