Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI VA YOSHLAR BANDLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 19-“Chashma” saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Xurriyat” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.Nazorat tadbiri davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan joriy yil davomida 13 nafar yoshning bandligi ta’minlangani, 2 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratilgani, shuningdek, ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalar farzandlaridan 8 nafariga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar berilgani ma’lum qilindi.Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish,tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, bandlik ko‘rsatkichlarini ko‘paytirish, davlat dasturlari imkoniyatlaridan keng foydalanish hamda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Tadbir yakunida yoshlar muammolarini tizimli hal etish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash hamda bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 2