Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Istiqlol mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi

Istiqlol mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Amir Abralovich Azimov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan Navoiy shahridagi Istiqlol mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish va sanitariya ishlari, shuningdek, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mahalla raisi va mas’ul xodimlar bilan muloqot o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mahalla faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi manfaatlariga daxldor masalalarni tizimli hal etish hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar mahallalarda samarali boshqaruvni ta’minlash, fuqarolar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3