Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari davom ettirildi.

Xususan, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalardan biri — shaharda yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida deputat 2-sonli umumta’lim maktabi huzurida tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Markazda o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlar bilan band qilish, jismoniy va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, markazda o‘quvchilar uchun tashkil etilgan sport musobaqalari, fan va ijodiy to‘garaklar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda tarbiyaviy mashg‘ulotlarning tashkil etilish jarayoni o‘rganildi.

Ta’kidlanganidek, markaz faoliyatida yoshlarning qiziqish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mas’ul mutasaddilar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida yozgi sog‘lomlashtirish markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar xavfsizligini ta’minlash, mashg‘ulotlar sifati va samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. O‘rganish yakunida mavjud ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan deputatlik nazorati doirasida “Dolzarb 90 kun” dasturining hududlarda samarali amalga oshirilishi, yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish hamda ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni o‘rganish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 8