Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Axborot-resurs markazi faoliyati o‘rganildi

Axborot-resurs markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Faxriddin Ro‘ziqulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan Navoiy viloyat Axborot-resurs markazi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida markazda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-kutubxona xizmatlarining tashkil etilishi, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari, kitob fondining saqlanish holati hamda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, markaz mas’ullari bilan muloqot o‘tkazilib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini yanada rivojlantirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlarga yaratilgan qulayliklarni kengaytirish va axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar aholining axborot va bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 3