Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
#tavsiyalar #doimiy_komissiya
#tavsiyalar
#doimiy_komissiya
#qonun_162

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Adizova tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida", "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida", "Prokuratura to‘g‘risida", "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida", "Mudofaa to‘g‘risida", "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida", "Kiberxavfsizlik to‘g‘risida" hamda "Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida"gi qonunlarning asosiy normalari, ularning amaliy ahamiyati va kundalik hayotdagi o‘rni batafsil yoritildi.

Qonunlarning mazmun-mohiyatini sodda va tushunarli misollar orqali sharhlash barobarida, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, shaxsga doir ma’lumotlarning daxlsizligini ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, kiberxavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish, harbiy xizmatga oid qonunchilik hamda pirotexnika buyumlaridan xavfsiz va qonuniy foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda qonunlarga hurmat, ularga og‘ishmay amal qilish va yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish – jamiyat barqarorligi hamda taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3