Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Yangi maktab binosi faoliyatini tashkil etish masalasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining Ijtimoiy masalalar bo'yicha doimiy komissiyasi raisi hamda a’zolari tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini tashkil etish masalasi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida Shodlik MFY Nihol massivida barpo etilgan 330 o‘rinli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi hamda unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
Qayd etilishicha, maktab binosi zamonaviy talablarga mos ravishda qurilgan bo‘lib, keng va yorug‘ o‘quv xonalari, fan kabinetlari, sport zali, kutubxona hamda boshqa zarur infratuzilmalar bilan ta’minlangan. Ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun zamonaviy mebel va jihozlar olib kelingan bo‘lib, ularni o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, binoda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun zarur qulayliklar yaratilgan. Xususan, panduslar hamda lift mavjud bo‘lib, bu barcha o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur maktabning foydalanishga topshirilishi Nihol massivida yashovchi o‘quvchilarning uzoq masofadagi maktablarga qatnab o‘qish zaruratini bartaraf etib, ta’lim olish uchun yanada qulay sharoitlar yaratadi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha masala yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar shakllantirilib, navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish uchun tavsiya etildi.

Slide 1 of 10