Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Qurilish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Qurilish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Ch.Alimov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputati N.Alimovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”da Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasiga muvofiq nazorati deputat Ch.Alimovga biriktirilgan obyekt — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-sonli qarorida belgilangan Qiziriq tumani “Do‘stlik” mahallasidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish jarayonini joyiga chiqib o‘rgandilar.

O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, loyiha ijrosi, bajarilgan ishlar hajmi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglanib, mavjud holat atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va takliflar bildirildi.
Hududlarda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4