Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmonining 2-ilovasi 11-bandiga asosan hamda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan joriy yilning 11-aprel kuni joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🏫 O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, rasmiylashtirilgan hujjatlar, jumladan, umumta’lim maktab direktorlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan taqdim etilgan kafolat xatlari bir xil shablon asosida tayyorlanib, faqat imzo qo‘yilgan holda rasmiylashtirilgan.

✍️ Vaholanki, har bir xodim va rahbar kafolat xatini qo‘l yozma shaklda tayyorlashi zarurligi ta’kidlandi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va 10 kun muddat ichida Kengashga axborot taqdim etish belgilandi.

📖 Shuningdek, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i X. Mirkhodievga har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 10 sanasiga qadar belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tuman Kengashiga ma’lumot taqdim etib borish, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi huquqiy bilimi va malakasini oshirish, mutaxassislarni jalb qilish hamda ularni normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

👩‍🏫 Mazkur o‘rganish ishlarini Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Adilova, tuman hokimi o'rinbosari B.Isahanov, tuman yuristkonsulti G‘. Abduhakimov hamda 16-Bobur saylov okrugi deputati A. Majidovlar tomonidan amalga oshirildi.

Slide 1 of 6