Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganishlar davom etmoqda

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova hamda Kengashning bosh mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan tumandagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur muassasa 1932-yilda qurilgani, 2019-yilda “Obod mahalla” dasturi doirasida bino ichki va tashqi qismlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi. Bugungi kunda 140 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada 387 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olayotgani, 14 ta guruh faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan binoning texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirilib, ayrim qismlari jiddiy ta’mirtalab ekani aniqlandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotini tegishli investitsiya va ijtimoiy dasturlarga kiritish, kapital rekonstruksiya qilish hamda qo‘shimcha binolar barpo etish zarurati mavjudligi o‘rganildi.

Ta’kidlanganidek, kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib shart-sharoit yaratish eng ustuvor vazifalardan biridir. Shu bois o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va bolalar uchun yanada qulay hamda zamonaviy sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

✅ Farzandlarimizning baxtli kelajagi va sifatli ta’lim olishi yo‘lida amalga oshirilayotgan har bir ezgu ish – ertangi taraqqiyotimiz uchun muhim sarmoyadir.

Slide 1 of 5