Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi, tuman Kengashi deputatlari hamda ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdi.

📝 Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi sessiyalarida mas’ul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axborot (hisobot)larini eshitishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari.
🔹 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2024-yil 7-dekabrdagi VII-2-08-11-152-K/24-son "Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining doimiy komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroriga o‘zgartirish kiritish masalasi.

💬 Muhokamalar davomida deputatlar hamda ekspert guruhi a’zolari tomonidan bildirilgan fikr va takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.

✅ Yig‘ilish yakunida mazkur masalalarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 4