Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Saylovchilar bilan uchrashuv

🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI
#24_ta_masala
#Saylovchilar_bilan_uchrashuv

🚨Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

🚨Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati O. Jumayev tumandagi “Polvontosh” mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati hamda mas’ul xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🚨O‘rganish jarayonida Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

🚨Shuningdek, Deputati O. Jumayev tomonidan mahalla saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

🚨Uchrashuv davomida mahalladagi dolzarb masalalar, aholini qiynayotgan muammolar, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yanada yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🚨 Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan aholi bilan ochiq va samimiy muloqot olib borish, mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🚨 Bunday uchrashuvlar fuqarolar va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning samarali yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Xalq manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan ochiq muloqot va amaliy ishlar hududlar rivoji hamda aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2