Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Deputatlik so‘rovlariga rasmiy javoblar taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

📬 Deputatlik so‘rovlariga rasmiy javoblar taqdim etildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan Yakkasaroy tumani “Rakat” mahallasidagi dolzarb masalalar yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovlariga Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda Yakkasaroy tumani hokimligidan rasmiy javoblar taqdim etildi.

🎠 Bolalar maydonchalarini barpo etish masalasi yuzasidan bildirilishicha, Shota Rustaveli ko‘chasi 60-uy hamda Muqimiy ko‘chasi 96/6-uy hududlarida bolalar maydonchalarini qurish obyektlari bo‘yicha Toshkent shahar hokimining 2025-yil 3-dekabrdagi qaroriga asosan “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachi etib belgilangan. 2026-yil fevral oyida mazkur obyektlar manzilli ro‘yxatga kiritilib, tender orqali loyiha tashkiloti sifatida “Alfa best stroy” MCHJ aniqlangan hamda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan.

📝 Hozirgi vaqtda loyiha-smeta hujjatlari Shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazilib, ijobiy xulosa olish jarayonida ekani ma’lum qilindi. Ekspertiza xulosasi olingach, amaldagi tartibda pudrat tashkiloti tanlanib, qurilish-montaj ishlari boshlanishi rejalashtirilgan.

🏗 Shuningdek, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan Shota Rustaveli ko‘chasi 60-uy, 8-xonadondagi balkon rekonstruksiyasi masalasi ham ko‘rib chiqildi. Rasmiy javobda ushbu obyekt bo‘yicha qurilish hujjatlari tegishli ekspertiza tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilayotgani, ijobiy xulosa olingandan so‘ng pudrat tashkiloti bilan shartnoma tuzilib, rekonstruksiya ishlari loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq to‘liq yakunlanishi bildirildi.

🔎 Yakkasaroy tumani hokimligi tomonidan esa Shota Rustaveli ko‘chasini zamonaviy turizm va xizmatlar ko‘chasiga aylantirish doirasida keng ko‘lamli rekonstruksiya hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgani, ayni paytda loyihaning ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik ketayotgani ma’lum qilindi. Ushbu bosqich boshlangach, 60-uy, 8-xonadondagi balkonning texnik holati mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, tasdiqlangan loyiha asosida rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkazilishi qayd etildi.

🤝 Deputatlik so‘rovlarida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar bosqichma-bosqich olib borilishi hamda mazkur masalalar deputat Vasila Alimova tomonidan nazoratda saqlanishi bildirildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1