Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Aholining tomorqa ekinlarini sug‘orish bo‘yicha mavjud muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari B.Kamalov va M.Ashurov tomonlaridan tumanning “Yoshlik” mahallasida aholining tomorqa yerlarini sug‘orish bilan bog‘liq mavjud muammolarni o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, tomorqa yerlarini o‘z vaqtida sug‘orishda uchrayotgan qiyinchiliklar, suv ta’minotidagi uzilishlar, mavjud ariq va irrigatsiya tarmoqlarining texnik holati hamda suvni uzatish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.

🔺Mahalla faollari va aholi vakillari tomonidan tomorqa yerlarini barqaror suv bilan ta’minlash maqsadida yangi suv quvurlarini qurish taklifi bildirildi. Ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus amalga oshirilsa, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish hamda oilalarning daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

🔺Deputatlar mazkur taklifni atroflicha o‘rganib, uning texnik va iqtisodiy asoslarini shakllantirish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqish hamda masalani tegishli tartibda ko‘rib chiqish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildilar.

Slide 1 of 3