Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy sohalardagi ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Muzrabot tumani hokimi, xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 21-Guliston saylov okrugidan saylangan deputati Abdulla Mamatqulov tomonidan “Chegarachi” mahallasi hududida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida deputat Qorakamar qishlog‘ida joylashgan 29-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi. Maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinfxonalarning holati, amalga oshirilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, qisqa muddat ichida ta’lim muassasasida zarur ta’mirlash ishlari bajarilib, sinfxonalar tartibga keltirilgan, maktab hududi obodonlashtirilgan hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun qulay muhit yaratilgan. Bu ishlar yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etilishida muhim o‘rin tutadi.

Shuningdek, maktab direktori bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish va ilm-fan rivojini jadallashtirishga qaratilgan tashabbuslari muhokama qilindi. Suhbat davomida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Chekka hududda joylashgan mazkur ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar o‘quvchilarning puxta bilim olishi, pedagoglar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Ta’limga qaratilayotgan e’tibor — kelajakka qaratilgan eng muhim sarmoyadir.
Slide 1 of 7