Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishda doimiy komissiya a'zolari, tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari, tegishli mas'ullar va OAV vakillari ishtirok etdi. Yig'ilishga doimiy komissiya raisi kun tartibidagi masalalar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.
Majlis kun tartibiga quyidagi ikki muhim masala kiritildi:
1.  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan maqsadlar ijrosi holatini muhokama qilish;
2. Muzrabot tumani mahalliy byudjetining 2026 yil birinchi choragi daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Bozorov, ikkinchi masala bo‘yicha esa tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Muxammadiyev axborot berdi.

Majlis davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan taqdim etilgan hisobotlar atroflicha muhokama qilinib, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, daromadlar bazasini kengaytirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida komissiya a’zolarining takliflari inobatga olingan holda har ikki masala bo‘yicha tegishli qarorlar loyihalari ma’qullandi hamda ularni xalq deputatlari

Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Mazkur yig‘ilish mahalliy byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, iqtisodiy islohotlarning amaliy natijadorligini ta’minlash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7