Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
“Shova” MFYda ijtimoiy himoya ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston XDPdan saylangan deputat G.A. Risqulova tomonidan “Shova” MFY ijtimoiy xodimining faoliyati o‘rganildi.

Mahallada 101 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda bo‘lib, 72 nafari nafaqa va moddiy yordam olmoqda. 2-chorakda 20 ta ehtiyojmand oilaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali yordam ko‘rsatildi, 3 ta oilaning uy-joyini ta’mirlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2 nafar bitiruvchini maxsus kasb-hunar kollejiga joylashtirish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda. “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida bir nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga qarovchi biriktirildi hamda bir nafar fuqaro reabilitatsiya markaziga joylashtirildi.
Inson qadri va ijtimoiy himoya masalalari doimiy e’tiborda. 🤝

Slide 1 of 3