Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari va davlat siyosatining mazmun-mohiyatini aholiga tezkor, xolis hamda haqqoniy yetkazishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining o‘rni beqiyosdir.

Jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning axborot olish huquqini ro‘yobga chiqarish, jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda davlat va xalq o‘rtasidagi ishonchli muloqotni mustahkamlash yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan barcha jurnalistlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati jamoasi barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ijodiy yutuqlar, yuksak marralar hamda mas'uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!