Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 Yig‘ilishda joriy haftada amalga oshirilgan ishlar sarhisobi muhokama qilinib, yangi hafta uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Dastlab, Kengash kotibiyati mudiri hamda mutaxassislar ishtirokida deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilgan ishlar, hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axborotlar tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilishda Kengash faoliyatining samaradorligini oshirish, hududdagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar jarayonida Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyati ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Jumladan, yoshlarning tashabbus va takliflarini kengroq o‘rganish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga faol jalb etish, shuningdek, joylarda ochiq muloqot va uchrashuvlarni ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida yangi hafta davomida amalga oshiriladigan deputatlik nazorati tadbirlari, fuqarolar bilan uchrashuvlar reja asosida tashkil etilishi hamda kelib tushgan murojaatlarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 4