Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimizda so‘z erkinligini ta’minlash, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini qaror toptirish, jamiyat va davlat o‘rtasida mustahkam muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarni tezkor, xolis va ishonchli axborot bilan ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiqdir.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jamiyat hayotida yuz berayotgan muhim voqea-hodisalarni xolis yoritish bilan bir qatorda, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati, deputatlarning hududlarda olib borayotgan ishlari, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi tashabbus va sa’y-harakatlarini keng jamoatchilikka tezkor va xolis yetkazishda ham muhim o‘rin tutmoqda. Bu esa davlat va jamiyat o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolarning ishonchini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Sizlarning kasbiy mahoratingiz, xolisligingiz va fidokorona mehnatingiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ijodiy barkamollik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, qalamingizga o‘tkirlik, nigohingizga teranlik va yangi ijodiy zafarlar tilaymiz.

🎉 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: