Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Iftixor mahallasida bandlik va kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

Iftixor mahallasida bandlik va kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi raisi Azizbek Bahodirovich Soyibnazarov "17-Oybek" saylov okrugi "Iftixor" mahalla fuqarolar yigʻinida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaning 4-bandi ijrosi yuzasidan oʻrganish olib bordi.
✅Oʻrganish davomida mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambagʻallikdan chiqarish, ularning bandligini taʼminlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.
✅ Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, doimiy va mavsumiy ish oʻrinlarini yaratish, kasb-hunarga oʻqitish hamda davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish boʻyicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✅ Oʻrganish yakunida mazkur yoʻnalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish hamda aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan ishlarni davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Deputatlik nazorati doirasidagi bunday oʻrganishlar hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, aholi muammolarini tizimli hal etish hamda mahalliy Kengash nazorat funksiyasini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3