Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI: YOSHLAR SIYOSATI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI

Shu maqsadda bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati xodimlari O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limida bo‘lib, tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, qonun talablarining amaliy ijrosi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, "Yoshlar daftari" bilan ishlash, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar, davlat dasturlari hamda yoshlar siyosatiga oid topshiriqlarning ijro holati o‘rganilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas'ul xodimlar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlarining ijrosini kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan aniq tavsiya va takliflar berildi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbirlari deputatlarning biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorligini yanada mustahkamlash, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlar manfaatlarini ta'minlash hamda deputatlik nazoratining ta'sirchanligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda qonun hujjatlari va Kengash qarorlari ijrosini o‘rganish, davlat dasturlari samaradorligini tahlil qilish hamda aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etishga qaratilgan nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2