Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S.Ikromov bilan birgalikda Sabzipoya MFY hududidagi 13-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va sog‘lom turmush tarziga jalb etish borasida yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Suhbatlar jarayonida bolalarning futbol sportiga qiziqishi yuqori ekanligi, biroq futbol to‘plarining yetishmasligi aniqlandi.

Mazkur masalaga befarq bo‘lmagan deputat S.Ikromov tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlari uchun futbol to‘plari sovg‘a qilindi. Ushbu tashabbus yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish borasidagi ishlar bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 9