Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Muzeylar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Fuqaro tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi muzeylar faoliyati yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar asosida o‘rganish ishlari tashkil etildi.

O‘rganishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati S.Jumayeva, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida muzeylarda mavjud eksponatlarning saqlanish holati, ularni hisobga olish va muhofaza qilish ishlari, shuningdek muzeylar faoliyatining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining ijrosi, eksponatlarni saqlash uchun yaratilgan sharoitlar hamda tashrif buyuruvchilar uchun tashkil etilgan xizmatlar holati yuzasidan mas’ullar tomonidan ma’lumotlar berildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud holat tahlil qilinib, muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirish, madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash va qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1