Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot
янв.21
#24_ta_muxim_masala Deputatlar hududlar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 22-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
“Nurli kelajak” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan Qo‘qon shahar 18-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Nurli kelajak” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish hamda ijodiy va intellektual salohiyatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Oromgoh faoliyati davomida o‘quvchilar uchun turli madaniy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilgan. Jumladan, kitobxonlik soatlari, rasmlar tanlovi, sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, she’rxonlik, qo‘shiqchilik, sahna ko‘rinishlari hamda turli tanlovlar o‘tkazildi.

Shuningdek, “Turon” maktab teatr jamoasining chiqishlari, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik mavzulariga bag‘ishlangan davra suhbatlari bolalarda milliy g‘urur va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Oromgohda tashkil etilgan to‘garaklar ham o‘quvchilarning katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, IT va kitobxonlik yo‘nalishlaridagi mashg‘ulotlarda bolalar faol qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar. Rus tili to‘garagining Xasanova Zilola tomonidan olib borilishi esa o‘quvchilarning alohida e’tiborini tortmoqda.

O‘rganish yakunida “Nurli kelajak” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda sog‘lom hordiq chiqarishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganligi qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7