Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sessiya davomida “Ijtimoiy reyestr”ning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ehtiyojmand oilalarga xonadonda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar, avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarining turmush sifatini yaxshilash, qish mavsumida issiqlik yo‘qotilishining oldini olish, elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini qisqartirish hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi.

Sessiya ishtirokchilari tomonidan mazkur yo‘nalishda ajratiladigan mablag‘larning manzilli va samarali sarflanishi, yordamga eng muhtoj oilalarni qamrab olish hamda amalga oshiriladigan ishlar sifatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 1