Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Sessiya ishida shahar Kengashi raisi va deputatlar, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyada shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush sharoitini oshirishga qaratilgan qator muhim masalalar muhokama qilindi.

🔻Sessiya kun tartibiga quyidagi muhim masalalar kiritildi:

1. Jizzax shahrida ekologiya sohasidagi ustuvor vazifalarning bajarilishi, atmosfera havosini muhofaza qilish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish borasidagi amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

2. Shaharda aholini ichimlik suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar holati to‘g‘risida.

3. Jizzax shahrida “Dolzarb 90-kun” tadbirlari doirasida,yoshlarni bo‘sh vaqtlarini yozgi ta‘til davrida mahallalarda va umumta‘lim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

4. Shahar saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish uchun nomzodlarni tavsiya qilish to‘g‘risida.

5. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘lar ajratish bo‘yicha taklifni maqullash to‘g‘risida.

6. Shahar budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.

7. “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

8. Xalq deputatlari shahar Kengashining doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

🔹Sessiya davomida masalalar yuzasidan mas‘ullar axborot va hisobotlar bilan chiqish qildi, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 12