Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya "nazorat-tadbiri" amalga oshirildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosi doirasida, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifaga kiruvchi mahallalarda jinoyatchilikni kamaytirish, huquqbuzarlik va korrupsiya holatlarining oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

🎤Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Mexmonov, shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i J.Xasanov, adliya bo‘limi boshlig‘i A.Anvarov, shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Ubaydullayeva, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi shahar bo‘limi rahbari B.Djaloldinov, okrug deputati A.Nazirov hamda kotibiyat mutaxassislari ishtirokida hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

🇺🇿O‘rganishlar Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishining 20-bandi hamda tasdiqlangan kunlik ish rejasi asosida Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etildi.

⚖️ Shuningdek, Namuna MFY “yettilik” a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bilan manzilli ishlash, profilaktika choralarini yanada kuchaytirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

✔️ Bunday hamkorlikdagi o‘rganishlar hududlarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi

Slide 1 of 5