Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Ekspert guruhi haqida

 Ekspert guruhi haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Ekspert guruhlari tashkil etilgan.

✅ Ekspert guruhi:
— mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalari faoliyatini ekspert hamda axborot-maslahat jihatidan qo‘llab-quvvatlash;
— norma ijodkorligi jarayonlariga ko‘maklashish;
— nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazishda amaliy yordam berish maqsadida faoliyat yuritadi.

🔹 Mazkur guruh:
— jamoatchilik asosida faoliyat olib boradigan maslahat organi hisoblanadi;
— mahalliy Kengash qarori bilan shakllantirilgan;
— uning xulosalari tavsiyaviy xususiyatga ega.

📖 Ekspert guruhi o‘z faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, Hukumat qarorlari hamda mahalliy Kengash hujjatlariga amal qiladi.

🤝 Ushbu tizim mahalliy Kengashlar faoliyatida ochiqlik, samaradorlik va professional yondashuvni kuchaytirishga xizmat qiladi.