Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Sultonov Bahodir “Renessans TV” telekanalining “O‘zbekistonda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida islohotlar” mavzusidagi ko‘rsatuvida ishtirok etdi.

Ko‘rsatuv davomida B.Sultonov tadbirkor va xalq vakili sifatida mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda xususiy sektorni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda biznes yuritish uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, ma’muriy tartib-taomillarning soddalashtirilishi, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda raqamli xizmatlarning keng joriy etilishi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Deputat o‘z nutqida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi. Uning fikricha, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar yoshlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi, ularning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi hamda oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, deputat tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘lida ayrim muammolar hamon saqlanib qolayotganiga ham e’tibor qaratdi. Xususan, gaz, suv va elektr ta’minoti bilan bog‘liq ayrim tashkilotlar faoliyatida byurokratik yondashuv, murojaatlarga mas’uliyat bilan yondashmaslik hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlaridagi ortiqcha ovoragarchilik holatlari uchrab turayotganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, tadbirkorlar uchun yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish maqsadida davlat xizmatlari sifati va mas’uliyatini oshirish, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarur.

Shuningdek, mamlakatimizda investitsiyaviy muhitni yaxshilash, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning izchil davom ettirilishi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, aholi farovonligini yuksaltirish hamda yoshlar bandligini ta’minlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi. 

Slide 1 of 2