Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston "Adolat" SDPdan saylangan "24-Shirin" saylov okrugi deputati Mustafayeva Shahnoza Ermuxammadovna tomonidan “Toshkent suv ta’minoti” MChJ Uchtepa, Chilonzor tumanlararo oqova suv tarmoqlari bo‘limi boshlig‘i B.Meyrbekovga deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ Saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlari hamda hududga xizmat ko‘rsatuvchi “Yangi Hayot Uchtepa 22” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini o‘rganish davomida Uchtepa tumani 26-mavzeda joylashgan 19-sonli ko‘p qavatli uyda mavjud kanalizatsiya tarmoqlari bilan bog‘liq muammolar aniqlanganligi ta'kidlangan.

📊 Ushbu o'rganish va tegishli ma'lumotlardan kelib chiqib, Uchtepa tumani 26-mavze, 19-sonli ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi kanalizatsiya tarmoqlarini tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqish, texnik xulosa berish hamda zaruratga ko‘ra eskirgan quvurlarni almashtirish va ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda ushbu masala bo‘yicha ko‘rilgan choralar va natijalar haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga yozma axborot taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3