Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Sherobod tumanida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi  hamda tuman, shahar Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi bosh maslahatchisi Abduvohidbek Ergashev hamda yetakchi maslahatchisi Sharofiddin Majidovlarning xalq deputatlari viloyat hamda tuman, shahar Kengashi kotibiyati xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan seminar uchrashuvida Kengashlar faoliyati tahlil qilindi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Bugungi uchrashuvda mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati, Bandixon, Sherobod, Muzrabot hamda Qiziriq Kengashi kotibiyatlari xodimlari ishtirok etishdi.

Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirish, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida muvozanatni taʼminlash hamda xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Kengash qarorlarini qabul qilishda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilish, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitishda tizimdagi muammoli masalalarning yechimiga, aholi murojaatlari bilan ishlash holatiga eʼtiborni qaratish, Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, deputatlarning tashabbuskorligi va aholi bilan ishlash faolligini yanada oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Muhokamalar yakunida viloyat, shahar va tuman Kengashlari, deputatlar ishini yanada samarali tashkil etish yuzasidan kotibiyat mudirlari va mutaxassislarning fikr-mulohazalari eshitildi hamda zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6