Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi amalda

Deputat va yoshlar uchrashuvi

2026-yil 11-iyun kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi 32-son umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman Kengashi deputati Odamboy Karimov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim olish, kasb-hunar egallash, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat dasturlarining mazmun-mohiyati ham keng yoritildi.
Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 1