Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Investitsiya loyihasi ijrosi joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Djumamuratova Mukarrama Saliyevna ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari holatini o‘rgandi.

📍 O‘rganish davomida “Markaziy” MFY hududida “Tazabay stroy” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan “Savdo va ko‘ngilochar maskan tashkil etish” loyihasi bilan tanishildi.
🔹 Loyiha doirasida 13 milliard so‘m investitsiya kiritilishi;
🔹 100 ta yangi ish o‘rni yaratilishi;
🔹 qurilish ishlarining belgilangan reja asosida olib borilishi qayd etildi.

🔍 O‘rganish natijasida loyiha ijrosi belgilangan tartibda davom etayotgani, investitsiya majburiyatlarini bajarish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani hamda qurilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muammolar mavjud emasligi aniqlandi.

📌 Investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi hudud iqtisodiyoti rivoji va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6