35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama etildi.

  Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama etildi.

✅ Bugun Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

✅ Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Yu.X.Jo‘rayevning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-yanvardagi Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risidagi PF-17-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan hisoboti eshitildi.

✅ Yig‘ilish yakunida ushbu masala yuzasidan doimiy komissiya qarori qabal qilinib xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritishga kelishib olindi.

Slide 1 of 3