Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
DEPUTAT TOMONIDAN JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI KO‘RIB CHIQILDI

Joriy yilning o'tgan davrida “Yaxshi niyat” mahallasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Ulug‘bek, "Mash’al", "Yangi hayot", Xamza, "Darxon" ko‘chalari aholisini qiynab kelayotgan ta’mirtalab yo‘llarga asfalt yotqizildi. 

Aholi xavfsizligi va salomatligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tegishli tashkilot rahbarlari nomiga deputat so‘rovlari yuborildi. So‘rov natijalariga ko‘ra, tumandagi 24-umumta’lim maktabi hududiga kirish yo‘liga piyodalar o‘tish belgisi va piyodalar yo‘lagi chizildi. Endilikda piyodalar yo‘lagiga yaqinlashgan avtoulov tezlikni pasaytiradi, bolalar yo‘ldan xavfsiz o‘tishadi.

Fuqarolar murojaatlari va ularning yechimi bo‘yicha qator samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Xamza ko‘chasida yashovchi Tursunova Zuxra, Darxon ko‘chasida yashovchi Masaliyeva Roziyalardan kelib tushgan murojaatlar e’tibordan chetda qolmadi. Ularga tibbiy muolaja uchun yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, mahalla aholisini qiynab kelayotgan masalalardan biri bo‘lgan ichimlik suvi muammosi bartaraf etilib, 200 ta xonadon suv bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, mahalla ko‘chalariga 15 ta yangi beton ustunlar o‘rnatildi.

Har murojaatchining masalasi chetda qolmay, ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Mahalladagi shijoatkor, faol yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli sport tadbirlari, kitobxonlik kechalari tashkil etilmoqda.

✍️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Mavluda Saydaliyeva

Slide 1 of 1