Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Qo'lba mahallasi fuqarolarining muammolari tinglandi

Samarqand tumani Qo'lba mahallasi fuqarolarining muammolari tinglandi

Bugun tuman prokurori 2-sektor rahbari G‘.Abdurahmonov va 26-Andijoniy saylov okrugidan saylangan deputat A.Umarov korxona-tashkilot vakillari ishtirokida Qo'lba mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazdilar. 

Dastlab, mahalladagi muammolar va ularning echimi muhokama qilindi. Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar o‘z murojaat va takliflari yuzasidan bevosita 26-Andijoniy saylov okrugidan saylangan deputat A.Umarov hamda 2-sektor rahbari G‘.Abdurahmonovlarga murojaat qilishdilar. Xususan, fuqarolar tomonidan sog‘lig‘ini tiklash, ishga joylashtirish, moddiy yordam, elektr energiyasi va ichki yo‘llarni ta'mirlash kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.

 

Shuningdek 26-Andijoniy saylov okrugidan saylangan deputat A.Umarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Samarqand tumani Qo'lba mahallasi yettiligi uchun tushuntirish berib o‘tdilar.

Slide 1 of 1