Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi 106-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyada ishida jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risida Jondor tuman prokurori S.Sharopovning, Jondor tumanida 2023 yil davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i J.Djavkashevning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 13 apreldagi PF-5415-sonli Farmoniga muvofiq tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan 2023 yil yakuni bo‘yicha tuman adliya bo‘limi boshlig‘i H.Qoryog‘dievning, Majburiy ijro byurosi Jondor tumani bo‘limi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish, faoliyat samaradorligini oshirishda 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Majburiy ijro byurosi boshlig‘i I.Hidoyatovning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 yanvardagi PQ-39-sonli “Oilaviy tadbirkorliklarni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari H.Majitovning hisobotlari tinglandi va muhokama qilindi.

Shuningdek, sessiyada “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan sarflanishi rejalashtirilgan mablag‘larni holati hamda boshqa masalalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi, tegishli qarorlar qabul qilinib, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘z ishini yakunladi.

Slide 1 of 14