Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining sakson ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurobod tuman hokimligida xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining sakson ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan 2023-yil davomida Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar, tumandagi korxona va tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash ahvoli hamda tumandagi iqtisodiy-ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgan mahallalarda olib borilayotgan ishlar, tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida olib borilgan ishlar, Nurobod tumani adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, 4-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari” ro‘yxatidan chiqarish, tumanda yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, 2024-yil uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi “Nurobod tumanining 2023-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-65-194-7-99-K/22-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish, 2023-yil IV chorak yakuni bilan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar, tuman mahalliy budjetining 2024-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘lar, Xalq deputatlari tuman Kengashi va doimiy komissiyalarining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash va boshqa masalalarda yillik hisobot va rejalar tinglandi.

Xalq vakillari tomonidan har bir masala batafsil muhokama qilinib, yakunda ovoz berish yo‘li bilan tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 1