Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qo‘mitasi raisi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rgandi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Viloyat Kengashi deputati mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi va Yoshlar parlamenti a’zolari faoliyati
янв.21
Mahalliy vakillik organlari va mahalla yettiligining hamkorlik faoliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
MIROBOD TUMANIDA JOYLASHGAN MAKTABLARDA O’QUVCHILAR UCHUN YARATILINGAN SHAROITLAR BILAN YAQINDAN TANISHILDI

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zbekiston –2030” strategiyasini 2023-yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida ijtimoiy chora-tadbirlar rejasi asosida nazorat tadbirlari o‘tkazmoqdalar. Jumladan, xalq deputatlari Mirobod tuman kengashi deputati Shoira Saidjabbor tomonidan tumandagi 154-maktab faoliyati bilan yaqindan tanishildi. 

Deputat Sh.Saidjabbor taʼlim muassasasida bo‘lib, maktab rahbariyati va o‘qituvchilar bilan muloqot chog‘ida elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv resurslarini tejamli foydalanish madaniyat belgisi ekkanligi hamda mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi borasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib bordi. Lozim bo‘lgan ayrim muammolarni, zaruriy soha mutaxassislari ishtirokida o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha, tegishli tavsiyalar berildi. Sinfxonalarning holati, zamonaviy orgtexnika, sport inventarlari va o‘quv jihozlari bilan taʼminlanganligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, doimiy ravishda maktabda qishki mavsumga tayyorgarli ishlariga yetarli eʼtibor qaratilishi, isitish tizimi, sinfxonalarida o'quvchilar uchun yetarli sharoit yaratilishi kabi masalalar deputat nazaridan chetda qolmadi.  

Shuningdek, deputat tomonidan taʼlim muassasasi faoliyati, o‘quv jarayoni, maktab pedagog jamoasi tomonidan yuritilayotgan to‘garaklar bilan ham tanishildi. Mavjud kamchiliklar ko‘rsatilib, ularni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan maktab maʼmuriyati va tuman maktabgacha va maktab taʼlim bo‘limi bilan kelishib olindi. 

Slide 1 of 8