#sessiya
💠Nurafshon shahri hokimligida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining VII chaqiriq beshinchi sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
💢Unda:
- Shahar Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti;
- Shahar Adliya bo‘limi tomonidan norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2024 yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti;
- 2025 yilda Nurafshon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida;
- Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2024 yilda shahar Ichki ishlar bo‘limi tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 29 noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son Qarori ijrosi to‘g‘risida;
- Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida;
- Nurafshon shahar mahalliy byudjetining 2025 yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘ini taqsimlash to‘g‘risida
💠 Shu va boshqa masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining VII-chaqiriq beshinchi sessiya qarori qabul qilindi va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
✅Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi axborot xizmati.
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
/ Telegram (https://t.me/Nurafshon_XDK) /Instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_nurafshon_sh?igsh=d214Y24wcWt6OWI5) /Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61554190746410&mibextid=ZbWKwL)/