Deputatlar saylov bo‘yicha tushuntirishlar berdilar
Ma’lumki, shu kunlarda joriy yilning 27-oktabr kuni mamlakatimizda “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida o‘tkazilishi belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy
Kengashlari deputatlari sayloviga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda uni uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha joylarda belgilangan tartibdagi ishlar olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularga joriy
yildan saylovlar Konstitutsiyamizda belgilab berilgan mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy muhitda o‘tkazilayotganligi, yangi saylov tizimi asosida o‘tkaziladigan mazkur saylovning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida yetkazdilar. Uchrashuv yakunida tinglovchlar
tomonidan berilgan savollarga javoblar berdilar.