Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining navbatdagi 58-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining 2024- yil 5- sentyabrdagi VI-57-71-1-21-К/24-son qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi, Jalaquduq tumanida suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari va 2024-2025 yillarning kuz-qish mavsumi uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga ajratilgan cheklangan suv
limitini tasdiqlash to‘g‘risidagi, Jalaquduq tuman IIB boshlig‘i B.Shermatovning tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha 2024-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 2-avgustdagi “Xalq deputatlari tuman Kengashilari tomonidan deputatlarni dahlsizlik huquqidan
mahrum qilishga oid masalani ko‘rib chiqish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi KQ-791-IV-sonli qarori xaqidagi masalalar ko‘rib chiqildi.