Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ellikqal’a tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 7-chaqiriq 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlar uchun o'quv seminari bo'lib o'tdi
янв.21
Ellikqal’a tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 6-chaqiriq 83-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ellikqal’a tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 77-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ellikqal’a tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 76-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashi deputati G.Matyakubova mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida ham “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida ham “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi. Turar joylarning qurilishini ko‘zdan kechirgan viloyat rahbari, hududda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, yashil maydonlarni tashkil etish hamda daraxt va buta ko‘chatlari ekish topshirig‘ini berdi. (https://t.me/axborot_xizmati/39624)

Shundan so‘ng, viloyatda dasturlar hamda qurilish va kommunikatsiya sohasida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mutasaddilar ishtirokida muhokama o‘tkazildi. 

Unda ijtimoiy soha obyektlarini 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash, 58 ta maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari holati, investisiya dasturidagi obyektlarni foydalanishga topshirish, “Tashabbusli budjet” loyihasining 1- va 2-mavsumi ijrosi, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholini ko‘mir bilan ta’minlash, markaziy qozonxonalarni mavsumga tayyorlash, BSKlar faoliyati hamda boshqa masalalar yuzasidan mas’ullar axborot berdi.

Viloyat rahbari mutasaddilarning axborotlarini tinglab, o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi hamda qurilish va kommunal sohada ishlarni tizimli amalga oshirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlarini belgilangan muddatlarda yakunlash vazifalarini belgilab berdi.

Slide 1 of 8