Deputat otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi
🔹Bugun Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi deputati J.Sadirov hamda tuman hokimining oʻrinbosari X.Abduyusupov “Ma'rifat” mahallasida otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot yoshlar bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni qiynayotgan muammolarga yechim topishga qaratildi.
🔹Samimiy muloqotda deputat J.Sadirov yoshlar bilan birma-bir suhbatlashib, bildirilgan murojaatlarning ayrimlari shu yerning o‘zida hal etildi, muddat talab etiladiganlari mas’ullarga yo‘naltirildi.