Mamlakatimizda soʻngi yillarda inson haq-huquqlarini taʼminlash va kafolatlash, yurtdoshlarimiz manfaatini himoya qilish, ijtimoiy qoʻllab- quvvatlash barcha islohotlarning tub mazmun-mohiyatiga aylandi. Аyniqsa oʻzgalar parvarishi va koʻmagiga muhtoj fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish davlat qaramogʻiga olib moddiy-maʼnaviy koʻmaklashish, oʻksik koʻngillarga taskin berish mehr-muruvvat koʻrsatish xalqimizga xos azaliy qadriyat hisoblanadi. Xalqimizda qariyalar va nogironlar holidan xabar olish ezgu fazilatlardan hisoblanadi.
Bugun Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati 11-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan Aliqulova Misqol hamda mahalla follari tumandagi Shayxlar mahalla fuqarolar yig‘ini Isaxoni qishlog‘idagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar hamda nogironlar holidan xabar olinib, ulardan hol-ahvol suradilar. Ularning muammolari o‘rganilib bartaraf etish choralari ko‘rildi.