Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ogoh bo‘ling: firibgarlikka qarshi kurash — davr talabi
янв.21
O‘zLiDeP Ellikqal’a tumani Kengash deputatlari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2-sonli A.Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Xodjiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Ellikqal’a tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining navbatdagi 7-chaqiriq 20-sessiyasi 2026-yil 12-fevral kuni tuman hokimligining kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 22-sonli “Sharq-yulduzi” saylov okrugidan saylangan deputat Sharipova Dilbarjon Xudaybergenovna Ellikqal’a tuman Tuproqqal’a mahallasida o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 12-sonli “To‘rt-devor” saylov okrugidan saylangan deputat Masharipov Zuxriddin Nusratdinovich Ellikqal’a tuman To‘rdevor MFYda o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tumani Kengashi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tidi
янв.21
Xalq demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 13-sonli “Jetkenshek” saylov okrugidan saylangan deputat R.R.Allabergenov Ellikqal’a tuman Jasorat MFYda o‘z saylovchilariga 2025-yil davomida amalga oshirlagn ishlari bo‘yicha axborot berdi.
янв.21
O‘zbekiston Adolat SDP Ellikqal’a tuman Kengashi raisi Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 10-sonli “Adil” saylov okrugidan saylangan deputat U.Karimov Ellikqal’a tuman Dustlik OFYda o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Rustamjon Isaqov Namangan shahridagi “Chorsu bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Rustamjon Isaqov Namangan shahridagi “Chorsu bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

🟢 Tashrif davomida bozor hududida narx-navoning barqarorligini ta’minlash, aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berish, savdo jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, bozorda savdo rastalarini raqamlashtirish, elektron to‘lov tizimlarini joriy etish hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

✅ Uchrashuv jarayonida bozor ma’muriyati bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish, savdo madaniyatini yanada yuksaltirish va bozor infratuzilmasini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 9