Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining navbatdagi 7-chaqiriq 20-sessiyasi 2026-yil 12-fevral kuni tuman hokimligining kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 22-sonli “Sharq-yulduzi” saylov okrugidan saylangan deputat Sharipova Dilbarjon Xudaybergenovna Ellikqal’a tuman Tuproqqal’a mahallasida o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 12-sonli “To‘rt-devor” saylov okrugidan saylangan deputat Masharipov Zuxriddin Nusratdinovich Ellikqal’a tuman To‘rdevor MFYda o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tumani Kengashi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tidi
янв.21
Xalq demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 13-sonli “Jetkenshek” saylov okrugidan saylangan deputat R.R.Allabergenov Ellikqal’a tuman Jasorat MFYda o‘z saylovchilariga 2025-yil davomida amalga oshirlagn ishlari bo‘yicha axborot berdi.
янв.21
O‘zbekiston Adolat SDP Ellikqal’a tuman Kengashi raisi Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 10-sonli “Adil” saylov okrugidan saylangan deputat U.Karimov Ellikqal’a tuman Dustlik OFYda o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 25-sonli Qizilqum chaylov okrugidan saylangan deputat Azatov Sharof Rashid o‘g‘li Maktablarda til va kasb o‘rgatishning zarurati va ahamiyati.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Joriy yilning 30-dekabr kuni kuni UzLiDeP Ellikqal’a tuman Kengashi deputatlik guruhi tamonidan O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi 2024-2026-yillarda O’zbekistan Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-404-sonli Qarori ijrosi bo’yicha Ellikqal’a tumanida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Ellikqal’a tuman hokimi Urinbosari D.Reyimbayevning xisoboti tinglandi.
янв.21
Joriy yilning 30-dekabr kuni Ellikqal’a tumanidagi Navoiy MFY hududida joylashgan Axborot kutubxona markazida “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi Konsepsiyasi doirasida “Deputat va Yoshlar” muloqot uchrashuvi o‘tkazildi. Bundan maqsad Yoshlarning qonun ijodkorligi va ijro jarayonidagi ishtirokini kuchaytirish ,Davlat organlari, deputatlar va Yoshlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va muloqotni mustahkamlashga qaratilgan. Uchrashuvga Uz LiDeP partiyasi tuman kengashi apparat rahbari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Dilbar Sharipova, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yulduzxon Allabergenova hamda Axborot kutubxona markazi direktori Maqsuda Djumaniyazovalar qatnashdilar.
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan 2025-yil davomida vakolatlari doirasida tizimli va samarali ishlar amalga oshirildi.  

Hisobot davrida Kengashning 13 ta sessiyasi o‘tkazildi. Mazkur sessiyalarda jami 136 ta qaror qabul qilindi. 

Qabul qilingan qarorlar yo‘nalishlar kesimida quyidagicha taqsimlandi: 

-Hisobotlarni eshitish – 65 ta; 

-Axborotlarni eshitish – 10 ta; 

-Nazorat-tahlil tadbirlari – 12 ta; 

-Vakolat doirasidagi qarorlarni tasdiqlash – 7 ta; 

-Tuman hokimi qarorlarini tasdiqlash – 13 ta; 

-Boshqa masalalar – 28 ta. 

Shuningdek, qabul qilingan qarorlarning 13 tasi Kengashdagi siyosiy partiya guruhlari tashabbusi asosida hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlari bilan
bog‘liq holda qabul qilindi.
 

2025-yilda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashida eshitilgan hisobot va axborotlar tahlili 

2025-yil davomida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi sessiyalarida ijro hokimiyati va boshqa mas’ul tashkilotlar faoliyati doirasida 65 ta hisobot hamda 10 ta
axborot eshitildi.
 

Eshitilgan hisobotlar tarkibi: 

Jami 65 ta hisobot quyidagi mansabdor shaxslar va tashkilotlar kesimida tinglandi: 

-Tuman hokimi – 1 ta; 

-Tuman hokimi o‘rinbosarlari – 18 ta; 

-Sektor rahbarlari – 1 ta; 

-Ichki ishlar bo‘limi – 6 ta; 

-Moliya bo‘limi – 19 ta; 

-Soliq organlari – 2 ta; 

-Sog‘liqni saqlash tizimi – 2 ta; 

-Yoshlar ishlari agentligi – 1 ta; 

-Ekologiya sohasi – 1 ta; 

-Boshqa tashkilot va mas’ullar – 14 ta. 

Eshitilgan axborotlar tarkibi: 

Shuningdek, Kengash sessiyalarida jami 10 ta axborot tinglanib, ular quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi: 

-Adliya bo‘limi – 3 ta; 

-Prokuratura organlari – 3 ta; 

-Xalq qabulxonasi – 4 ta; 

-Ombudsmanning mintaqaviy vakili – 0 ta; 

Mazkur ko‘rsatkichlar Kengash tomonidan ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatilganini, dolzarb masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobot va axborotlari muntazam ravishda muhokama qilib borilganini ko‘rsatadi. 

2025-yilda hokim va Kengash qarorlarini bekor qilish holati tahlili 

2025-yil davomida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan tuman hokimi hamda Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bekor qilish holatlari kuzatilmadi: 

Mazkur holat tuman hokimi hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, puxta va asosli
tarzda qabul qilinayotganidan dalolat beradi.
 

Senat yalpi majlislari kun tartibiga kiritilgan qonunlar muhokamasi va yangi qabul qilingan qonunlar targ‘iboti 

2025-yil davomida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislari kun tartibiga kiritilgan qonunlar muhokamasi hamda yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. 

Hisobot davrida: -5 ta qonun loyihasi Senat yalpi majlislari kun tartibiga muvofiq muhokama qilindi; 

-Ushbu qonunlar yuzasidan 2 ta muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi; 

-Shuningdek, yangi qabul qilingan qonunlarni aholiga yetkazish, ularning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida 7 ta yangi qabul qilingan qonun yuzasidan 42 ta targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 

Mazkur tadbirlar qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, qabul qilinayotgan qonunlarning aholi o‘rtasida keng tushuntirilishi va ularning amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qildi. 

Sessiyalarning yoritilishi, Kengash qarorlarining e’lon qilinishi va normativ-huquqiy qarorlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar 

2025-yil davomida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi sessiyalarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek qabul qilingan qarorlarni keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rildi. 

Sessiyalarning yoritilishi: 

Hisobot davrida jami 13 ta sessiya o‘tkazilib 7 ta sessiya onlayn tarzda, hamda 6 ta sessiyalar ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi,  

Yopiq sessiyalar o‘tkazilmadi. Kengash qarorlarining e’lon qilinishi: 

20 ta qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan, 136 ta Kengash qarori “E-Kengash (E-qaror)” tizimi orqali e’lon qilindi. 

Shundan yopiq tartibda joylashtirilgan qarorlar mavjud emas. Hisobot davrida jami 11 ta normativ-huquqiy tusdagi qaror qabul qilinib, ularning yo‘nalishlar kesimidagi taqsimoti quyidagichani tashkil etdi: 

-Tuman byudjetini qabul qilish – 1 ta; 

-Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini belgilash – 3 ta; 

-Boshqa vakolatlar doirasidagi normativ qarorlar – 7 ta. 

Shuningdek, 11 ta normativ-huquqiy qarorning barchasi belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi. 

Mazkur ko‘rsatkichlar Kengash faoliyatida ochiqlik, qonuniylik va jamoatchilik ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilganidan dalolat beradi. 

Yuborilgan deputat so‘rovlari va ularning ko‘rib chiqilishi natijalari 

2025-yil davomida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlariga jami 77 ta deputat so‘rovi yuborildi. 

Deputat so‘rovlarini ko‘rib chiqish natijalari quyidagicha: -77 ta deputat so‘rovi o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, javoblar berildi. 

Mazkur ko‘rsatkichlar deputat so‘rovlari institutining samarali ishlayotganini, davlat organlari tomonidan deputatlarning qonuniy talablariga o‘z vaqtida va to‘liq javob berilayotganini ko‘rsatadi. 

Xalq bilan muloqot va yuridik hamda jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati 

2025-yil davomida jami 65 ta uchrashuvlar va 23 ta mahalliy Kengash deputatlarining o‘z saylovchilari bilan axborot berish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvlarni tashkil etdi. 

Mazkur uchrashuvlar davomida 75 ta muammo aniqlanib, ularning 70 tasi ijobiy hal etildi. 

Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha jami 17 ta murojaat kelib tushdi. Ularning ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra: 

-9 ta murojaat ijobiy hal etildi; 

-8 ta murojaat yuzasidan tushuntirish berildi; 

-ko‘rib chiqish jarayonida qolayotgan murojaatlar qayd etilmadi. 

Mazkur natijalar deputatlarning aholi bilan ochiq va samarali muloqot olib borayotganini, murojaatlar o‘z vaqtida va qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqilayotganini ko‘rsatadi.  

Slide 1 of 1